O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha o‘zgarishlar

2018-04-12 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-sonli qarori bilan jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash va to‘lash tartiblariga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.

Jumladan, 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari mol-mulkning kadastr qiymatidan kelib chiqib belgilandi. O‘tgan yili ushbu soliq mol-mulkning inventarizatsiya qiymatidan kelib chiqib hisoblangan edi.

Jismoniy shaxslar mol-mulklarining kadastr qiymati bozor narxlaridan kelib chiqib hisoblangani uchun inventarizatsiya qiymatidan ancha yuqoriligi e’tiborga olinib soliq stavkalari o‘tgan yilga nisbatan keskin kamaytirildi.

Xususan, turar joylar, kvartiralar, dala hovli qurilmalari (umumiy maydoni 200 kvadrat metrdan ortiq bo‘lganlari bundan mustasno), boshqa imoratlar, xonalar va inshootlar uchun soliq stavkasi 0,2 foiz miqdorida (o‘tgan 2017 yilda 1,7 foiz edi);

shaharlarda joylashgan, umumiy maydoni 200 kvadrat metrdan 500 kv.metrgacha bo‘lgan turar joy va kvartiralarga soliq stavkasi 0,25 foiz miqdorida (o‘tgan 2017 yilda 2,1 foiz edi );

maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan turar joy va kvartiralar uchun esa, soliq stavkasi 0,35 foiz miqdorida (o‘tgan 2017 yilda 2,9 foiz edi);

boshqa aholi punktlarida joylashgan umumiy maydoni 200 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan turar joy va kvartiralar, dala hovli qurilmalari uchun soliq stavkasi 0,25 foiz miqdorida (o‘tgan 2017 yilda 2,1 foiz edi) belgilandi.

Bunda, soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 dekabrdagi 1043-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan amalga oshiriladi.

Ushbu Nizomga muvofiq, ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymati umumiy foydali maydonni bir kvadrat metri, hududiy tuzatish koeffitsiyentlari va eskirish koeffitsiyentlari asosida hisoblab chiqiladi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab:

- jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish maqsadida mol-mulkning kadastr qiymati kadastr hujjatlaridan kelib chiqib, biroq 42 000,0 ming so‘mdan kam bo‘lmagan miqdordan kelib chiqib hisoblanishi;

- jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash bo‘yicha organlar belgilagan kadastr qiymati bo‘lmasa, soliq undirish uchun Toshkent va Nukus shaharlari, shuningdek viloyat markazlarida 210 000,0 ming so‘m, boshqa shaharlar va qishloq joylarida 90 000,0 ming so‘m miqdorida mol-mulkning shartli qiymati belgilanishi;

- mol-mulkka kadastr qiymatidan kelib chiqib soliq solishga o‘tilgandan keyin soliq yukining keskin o‘sishining oldini olish maqsadida, kadastr qiymati asosida hisoblab chiqarilgan jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi 2017 yil uchun hisoblangan soliq summasiga nisbatan 20 foizdan ko‘p bo‘lmasligi belgilandi.

Mazkur qaror bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar hokimliklarining huquqlari kengaytirilib, ularga tegishli Xalq deputatlari kengashi bilan kelishgan hamda hududlarning va faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha belgilangan stavkalarga 0,7 dan 1,3 foizgacha pasaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash huquqi berildi.

Shuningdek, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yangi qurilgan turar joylar bo‘yicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mol-mulkning shartli qiymatining ikki baravaridan kelib chiqqan holda undirish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ayrim toifadagi jismoniy shaxslar uchun mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash maqsadida soliq solinmaydigan maydon umumiy maydonning 60 kvadrat metr hajmida belgilash tartiblari saqlab qolindi.

Prezidentimizning 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-sonli qarori bilan jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqqa kiritilgan o‘zgartirishlardan kelib chiqib, Soliq kodeksining 274- va 277-moddalariga kiritilgan tahririy o‘zgartirishlarda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblashda mol-mulkning kadastr qiymatidan kelib chiqib hisoblash belgilandi.

Поделиться