O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shiorimiz “Fidoiyilik va sadoqat bilan xalq manfaatlari yo’lida xizmat qilish”

2018-04-12 | Jamiyat

Joriy yilning 7-10 aprel kunlari Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan O’zbekiston Qurolli Kuchlari va huquq-tartibot idoralaridagi Etakchilar kengashi raislari va boshlang’ich tashkilot etakchilari uchun Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumanida joylashgan “Yoshlar oromgohi”da o’quv-seminar tashkil etildi.

Unda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, DXX Chegara qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi yoshlar ittifoqining boshlang’ich tashkilot etakchilari qatnashdilar. Seminar-mashg’ulotlarda Ichki ishlar vazirligi Yoshlar ittifoqining boshlang’ich tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Etakchilar  kengashi tomonidan Akademiya va YoXI hamda hududiy ichki ishlar organlaridagi boshlang’ich tashkilotlar etakchilaridan iborat jami 27 nafar yosh xodimlarning ishtiroki ta’minlandi.

Ishtirokchilarga yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishida Qurolli Kuchlar va huquq-tartibot idoralarining roli, boshlang’ich tashkilotlar faoliyatining maqsad-vazifalari va amalga oshirilishi lozim bo’lgan ustuvor vazifalar, etakchilarda yoshlar bilan ishlash, etakchilik va boshqaruv ko’nikmalarini shakllantirish, boshlang’ich tashkilotlar faoliyatini tashkil etishda xorij tajribasi, yangi loyihalarni amalga oshirishda OAV bilan hamkorlik masalalari kabi mavzularda malakali mutaxassislar tomonidan trening mashg’ulotlari o’tkazildi.

Seminar doirasida vazirlik, qo’mita va idoralar o’rtasida o’tkazilgan “Zakovat” intellektual o’yinida Ichki ishlar vazirligi yoshlari jamoasi faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritib, O’zbekiston  Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Q.Quranbaev tomonidan 1-darajali Diplom va “Planshet” bilan taqdirlandilar.

Seminardan so’ng, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyat ichki ishlar organlaridagi boshlang’ich tashiklotlar etakchilari Vazirlik kutubxonasi bilan yaqindan tanishdilar. Ular seminar taassurotlari yuzasidan o’zaro fikr-almashib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan aniq vazifalarni belgilab oldilar.

Shuningdek, ular O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning haykali poyiga gul qo’yib, mustaqilligimiz asoschisi, buyuk davlat arbobining xotirasini yod etdilar. Islom Karimovning 80 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Butun olamni jo qilgan yurak” deb nomlangan ko’rgazma bilan yaqindan tanishib, Vatanni sevish, unga sadoqat va fidoiylik bilan xizmat qilish har bir xodimning asosiy shiori bo’lishi lozimligini yana bir bor dildan his etdilar.

Поделиться