O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkentda xalqaro konferensiya boshlandi
2018-04-12 | Ta’lim
Poytaxtimizdagi “Interkontinental Hotel Tashkent” mehmonxonasida “Iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va mamlakat hududlarining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda senatorlar, deputatlar, vazirlik va idoralar, erkin iqtisodiy zonalar rahbarlari, diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar vakillari, milliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etmoqda.
Xalqaro konferensiya davomida mamlakatimiz hududlarida ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishning asosiy omillari, yuzaga kelayotgan to‘siq va muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilinadi.
Forum yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda biznes muhitini yaxshilash, mavjud dolzarb muammolarni bartaraf etish, xorijiy sarmoyadorlarni keng jalb qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqishga doir tavsiyalar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Ulug‘bek Shonazarov, O‘zA