O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xavfli chiqindilarni yo‘q qilish ustidan nazorat kuchaytiriladi

2018-04-11 | Jamiyat

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari O.Adhamjonovning axboroti eshitildi. 

Unda xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yo‘q qilish ustidan nazorat qilish to‘g‘risidagi Bazel Konvensiyasi doirasidagi majburiyatlarning O‘zbekiston tomonidan bajarilishi holati yuzasidan ma’lumot berildi. 

Bugungi kunda 183 davlat a’zo bo‘lgan Bazel konvensiyasiga O‘zbekiston 1995 yilda qo‘shilgan. Konvensiyaning maqsadi xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish oqibatida atrof-muhitga va inson salomatligiga zarar xavfini kamaytirish ustidan nazorat olib borishdan iborat. Shuningdek, milliy manfaatlar himoyasini ta’minlash, xalqaro me’yorlar va qoidalarni integratsiyalash, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishdir. 

Bazel konvensiyasi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasida xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va ularni ekologik xavfsiz boshqarish sohasida tegishli huquqiy baza yaratilgan. Xususan, 2002 yilda O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan. Chiqindilarning odamlar hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olish, chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish va ulardan xo‘jalik faoliyatida oqilona foydalanilishni ta’minlashga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Mamlakatimizda Bazel konvensiyasining qoida va talablari bajarilishi bo‘yicha mas’ul, vakolatli davlat organi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi belgilangan. 

Tadbirda xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish oqibatida atrof-muhitga va inson salomatligiga zarar xavfini kamaytirish borasida qilinayotgan ishlar tahlil qilindi. Xavfli chiqindilarni boshqarish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, xalqaro me’yor va qoidalar bilan integratsiyalashtirish, milliy manfaatlarni himoya qilishni ta’minlashga doir fikrlar bildirildi. Inson salomatligi va atrof-muhitga salbiy xavf va tahdidlarni kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. 

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishda chiqindilarni eksport, import, tranzit va tashib o‘tish muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqib, Bazel konvensiyasida belgilangan mezonlarga muvofiq, xavfli, deb hisoblangan, inson salomatligi va atrof-muhitga xavf tug‘diradigan chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni to‘liq tartibga soladigan yangi tahrirdagi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish lozim. Deputatlarning bu boradagi fikr-mulohazalari tinglandi. 

 

Go‘zal Sattorova, O‘zA

Поделиться