O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

DigiGirlz: O‘zbekistonda ayollar raqamli jamiyatini kengaytirish uchun sarmoya

2018-04-11 | Texnologiyalar

2018 yilning 10 aprel kuni vazirlik ko‘magida Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda “Microsoft” kompaniyasi O‘zbekistonda qizlarning IT-salohiyatini oshirish va ularni texnologiyalar sohasiga jalb qilishga qaratilgan “DigiGirlz” ta’lim dasturi tashkil qilindi.

Tadbirda 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 60 nafar qizlar ishtirok etdilar. Loyiha yosh qizlarga texnologiya sohasi va yangi innovatsiyalar bilan tanishish imkonini berdi.

DigiGirlz dasturining birinchi yarmida Microsoft kompaniyasining ta’limiy yondashuvlar bo‘yicha mutaxassisi Teodora Varbanova xotin-qizlarning axborot texnologiyalari rivojidagi o‘rni xususida so‘zlab berdi.

Dasturning ikkinchi qismida ishtirokchilar amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, kichik yoshdagilar Flappy Bird o‘yini boshqarish uchun sensor ishlab chiqishdi. Qizlar devayslarni tayyorlashda karton, sim, Adruino komplekti va boshqa materiallardan foydalanishdi hamda dasturlashga doir bilimlarini ishga solishdi.

Ta’limiy dastur yakunlariga ko‘ra barcha qatnashchilar guvohnomlarni qo‘lga kiritdilar. Eng faol ishtirokchilarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim qilindi.

Поделиться