O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AQSH elchisi bilan uchrashuv
2018-04-11 | Siyosat
2018-yilning 11-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi.
Suhbat davomida AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Tomas Shennonning mamlakatimizga tashrifi va AQSh nufuzli delegatsiyasining 26-27-mart kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishida ishtiroki natijalari yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralarda Toshkent forumi yuqori baholandi va konsensus asosida qabul qilingan konferensiya Deklaratsiyasining konstruktiv xarakteri qayd etildi.
Uchrashuvda turli darajalarda bo‘lajak O‘zbekiston-AQSh aloqalari jadvali va kun tartibi ham muhokama qilindi.