O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bangladesh Tashqi ishlar davlat vaziri bilan uchrashuv
2018-04-11 | Siyosat
2018-yilning 11-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda bo‘lib turgan Bangladesh Xalq Respublikasi Tashqi ishlar davlat vaziri Shahriyar Alam boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Avvalroq tarkibida biznes vakillari bo‘lgan Bangladesh delegatsiyasi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tashkil etilgan ikki davlat ishbilarmon doiralari seminarida ishtirok etdi, shuningdek, O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida muzokaralar o‘tkazdi va Samarqand va Buxoro viloyatlarida bo‘ldi.
Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama va xalqaro kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi.
Muzokaralarda Bangladesh Elchisi Mosud Mannan ishtirok etdi.