O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jizzаxda fuqarolar murojaatlari ishlash bo’yicha tajriba muhokama etildi
2018-04-11 | Jamiyat
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti hamda yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT) hamkorlikda institutning viloyat hududiy bo’linmasi majlislar zalida «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqotini rivojlantirish muammolari va istiqbollari» mavzusida seminar-trening o’tkazilidi.
Seminar ishida viloyatdagi mutasaddi tashkilotlarning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan bevosita ishlovchi xodimlari taklif etildi.
Ikki kun davom etgan seminar-treningda dastlab Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 dekabrdagi mamlakat parlamentida yo’llagan murojaatnomasida belgilangan ustuvor yo’nalishlar atroflicha tushuntirilib, fuqarolar murojaatlarining ustuvor jihatlariga katta e’tibor qaratildi. Bundan tashqari jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari sohasidagi me’yoriy-huquqiy asoslar,O’zbekistonda murojaat institutining shakllanishi tarixi bo’yicha ma’ruzalar tinglandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi vakillari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va joylardagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti xalq qabulxonalarining o’zaro hamkorligimasalalari muhokama etildi. Unda murojaatlarni ko’rib chiqish tartiblari, fuqarolar bilan ishlash tajribalari o’rtoqlashildi.
Bundan tashqari, ikki kun bo’lib o’tgan seminar treningda amaliy mashg’ulotlar, sohaga doir uslubiy qo’llanma taqdimotlari bo’lib o’tdi.