O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tehron shahrida o’zbek-eron savdo uyi ish boshladi
2018-04-11 | Iqtisodiyot
2018-yil 10-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Eron Islom Respublikasiga tashrifi doirasida O'zbekiston-Eron savdo uyining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Tantanali marosimda O'zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjaev va Eron Islom Respublikasi sanoat, tog'-kon sanoati va savdo vazirining o'rinbosari Modjtaba Xosrovtadj, Tehronda savdo uyi va O'zbekiston milliy mahsulotlarining muntazam faoliyat ko'rsatadigan shou zalining ishiga start berishdi. Marosimda, O’zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi raisi Adxam Ikromov va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ham ishtirok etishdi.
Savdo uyi, tashqi savdo AJ “O’zsanoateksport” va Eronning “Fawakeh Company” bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo'jaev ta'kidlaganidek, savdo uyining asosiy vazifasi O'zbekistonda ishlar chiqarilgan keng ko'lamli mahsulotlar haqida Eronliklar uchun faol ma’lumot berib borishdir.