O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Navoiy viloyatida “O‘zbekistonda Qozog‘iston ta’lim kunlari” mavzuyidagi ilmiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
2018-04-11 | Ta’lim
2018 yil 9-10 aprel kunlari Navoiy viloyatida “O‘zbekistonda Qozog‘iston ta’lim kunlari” mavzuyidagi ilmiy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada Qozog‘iston Respublikasining 25 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari o‘z taqdimotlarini namoyish etdilar. Ko‘rgazma orqali yoshlarning mamlakatimizdagi hamda Qozog‘istonning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida mavjud bo‘lgan kasb va mutaxassislik yo‘nalishlari bilan tanishtirilib batafsil ma’lumotlar berildi.
Ko‘rgazmaning birinchi kunida forum bo‘lib o‘tdi. Forumda Navoiy viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari F.Soliyev, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘quv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boshqarmasi boshlig‘I A.Abdullayev, Qozog‘iston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligining Xalqaro ishlari bo‘yicha Vitse-prezidenti Z.Torbekova, Navoiy davlat konchilik institutining prorektori N.Abduazizovlar so‘zga chiqib O‘zbekiston va Qozog‘iston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash,ta’lim sohasini isloh qilish va kadrlar tayyorlash yo‘nalishida ishtiroki to‘g‘risida fikr yuritdilar.
Tadbir so‘ngida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik memorandumi imzolandi.