O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Majburiy ijro amaliyoti: hamkorlikning yangi yo‘nalishlari

2018-04-10 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida Rossiya Federatsiyasi Sud pristavlari federal xizmati direktori Dmitriy Aristov rahbarligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori B.Qudratxo‘jayev va Rossiya Federatsiyasi Sud pristavlari federal xizmati direktori D.Aristov O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida ko‘plab yo‘nalishlar qatori huquqiy sohada ham hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi. 

Ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi muloqotlari va turli darajadagi uchrashuvlari ko‘p qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqqani qayd etildi. Mazkur uchrashuv va o‘zaro muloqotlar chog‘ida erishilgan kelishuvlar ikki mamlakat huquqni muhofaza qiluvchi hamda ijro hokimiyati o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Mehmonlar mamlakatimizda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish mexanizmini mustahkamlash va sud-huquq tizimini erkinlashtirish, sud qarorlari ijrosini maqsadli ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatimiz prokuratura organlari, xususan, yangi tashkil etilgan Majburiy ijro byurosining huquqiy maqomi va vakolatlari, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bilan tanishtirildi. 

Mamlakatimizda sud-huquq tizimini tubdan takomillashtirish, uning mustaqilligini ta’minlash, odil sudlov hujjatlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Sud qarori ijrosining samaradorligini tubdan yuksaltirishda Bosh prokuratura huzurida tashkil etilgan Majburiy ijro byurosi faoliyati muhim o‘rin tutmoqda. Bugungi kunda byuro O‘zbekiston Respublikasining nafaqat ichki, balki xalqaro majburiyatlarini ta’minlash yo‘lida ham faoliyat olib borayotir. Ushbu maqsadlarda xorijiy davlatlarning vakolatli idoralari bilan o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish, xorijiy davlatlardagi qarzdorlar va ularning mol-mulkini, daromad manbalarini qidirib topish bo‘yicha istiqbolli hamkorlikni mustahkamlab kelmoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Rossiya Federatsiyasi Sud pristavlari federal xizmati o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash, hamkorlikdagi ustuvor yo‘nalishlar va istiqbolli loyihalarni belgilash masalalari muhokama qilindi. 

Delegatsiya a’zolari Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazida bo‘ldi. Shu yerda mehmonlar uchun byuro organlari faoliyati va yagona elektron savdo maydonchasiga bag‘ishlangan “E-IJRO AUKSION” tizimi taqdimoti o‘tkazildi. 

Delegatsiya a’zolari mamlakatimizda ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorlikni undirish masalalari bo‘yicha yaratilgan yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi faoliyati, Toshkent viloyatida tajriba-sinov tariqasida joriy etilgan davlat aktivlarini elektron savdo maydonchasi orqali ijaraga berishning yangi mexanizmini yuqori baholadi. 

Muzokaralarning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Rossiya Federatsiyasi Sud pristavlari federal xizmati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

– Mamlakatlarimizning sud-huquq va majburiy ijro tizimi bir-biriga o‘xshash, – deydi D.Aristov. – Tashrifimiz davomida tashkil etilgan uchrashuvlar yakuni bo‘yicha olgan xulosalarim yuqoridagi fikrimni yana bir bor tasdiqladi. Shunday bo‘lsa-da, rivojlanishning xalqaro va milliy tendensiyalari mavjudligi har ikki tomon uchun o‘rtoqlashish mumkin bo‘lgan ilg‘or tajribalarni yuzaga keltirdi. Xususan, O‘zbekistonda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolarining elektron-onlayn tartibi yaratilgani hamda Majburiy ijro byurosining maqomini belgilash bilan bog‘liq o‘zgarishlar biz uchun yangilik bo‘ldi. O‘zbekistonlik hamkasblarimiz esa bizda mavjud qarzdorlar va ularning mol-mulki, daromad manbalari bo‘yicha ma’lumot yig‘ishning zamonaviy va axborotlashgan tizimiga qiziqish bildirdi. Imzolangan memorandum ana shunday yutuqlar borasida o‘zaro tajriba almashish imkonini beradi. 

Tadbir doirasida Bosh prokuratura Oliy o‘quv kurslarida “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining majburiy ijro mexanizmlarini takomillashtirish masalalari” mavzuida o‘quv-seminar o‘tkazildi. Unda Rossiya Federatsiyasi Sud pristavlari federal xizmatining ijro ish yurituvini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Denis Firstov majburiy ijro amaliyoti masalalari yuzasidan ma’ruza qildi. Sud qarorlari ijrosini ta’minlash, mol-mulkni elektron-onlayn tarzda realizatsiya qilishning milliy tizimi kabi masalalar bo‘yicha o‘zaro tajriba almashildi. 
 

Ulug‘bek Shonazarov, Temur Mamadaminov (surat) O‘zA

Поделиться