O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Butunjahon salomatlik kuni:“Sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan ommaviy qamrov: hamma uchun va har yerda”
2018-04-10 | Sog‘liqni saqlash
2018-yil 10-aprelda “International” mehmonxonasida Butunjahon salomatlik kuniga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 2018 yilgi Butunjahon salomatlik kuni mazvusi - “Sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan ommaviy qamrov: hamma uchun va har yerda”. Shu bilan birga, bu yilda Butunjahon salomatlik kuni 1948 yilda tashkil topgan Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (BSST) 70 yilligini nishonlaydi.
Ushbu matbuot anjumani O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan BSST O‘zbekistondagi vakolatxonasi texnik ko‘makligida tashkil etildi. Tadbirda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari va BSST O‘zbekistondagi vakolatxonasi xodimlari ishtirok etdilar.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti shunday tamoyil asosida tashkil etilganki, unga ko‘ra barcha insonlar salomatlikning imkon qadar yuqori darajasini qo‘lga kiritish huquqidan foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqlari lozim. Mana yetmish yildan buyon BSST sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan ommaviy qamrovni (SSXOQ) ta’minlashga davlatlar qilayotgan harakatlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. SSXOQ konsepsiyasi ancha sodda – sog‘liqni saqlash xizmatlarini olish imkoniyati bilan insonlarni har zamon va har makonda ta’minlab berishdir. Shunday bo‘lishiga qaramay, sog‘liqni saqlash xizmatlari uchun to‘lash majburiyati tufayli dunyoda 100 millionga yaqin inson qashshoqlik chegarasiga kelib qolyapti.
Ma’lumki, salomatlik har kim uchun bebaho boylik bo‘lib, BSST Yevropa mintaqasi byurosi direktori d-r Zsuzsanna Jakab bunday deydi: “Salomatlik – eng katta boyligimiz. U faqat ayrim imtiyozlilar o‘ziga ep ko‘radigan zeb-ziynatga aylanishi kerak emas. Sayyoramiz miqyosida «barchaga salomatlik” tamoyiliga rioya qilish ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishga hamda atrof-muhitga ijobiy ta’sir qiladi. Kuchlarimizni birlashtirib, buni umumiy vazifamizga aylashtirish vaqti keldi».
Shu munosabat bilan, o‘zining yetmish yilligini nishonlayotgan yili BSST jahon yetakchilarini 2015 yilda Barqaror taraqqiyot maqsadlari (BTM) yuzasidan kelishish jarayonida zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarishga da’vat qiladi, hamda barcha insonlar salomatligini mustahkamlash uchun muayyan choralar ko‘rishga, ya’ni dunyodagi har bir inson sog‘liqni saqlash borasida asosiy xizmatlarni sifatli olish imkoniyatiga ega bo‘lishi va bunda moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmasligini ta’minlashga, undaydi.
SSXOQ qisqartmasidagi “ommaviy” so‘zi “barcha uchun” degan ma’noni, ya’ni har qanday diskriminatsiyadan holi, hech kimni e’tiborsiz qoldirmaslikni anglatadi. Har bir inson, u qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘ziga kerakli bo‘lgan sog‘liqni saqlash xizmatlarini qashshoqlikka tushmagan
holda olish huquqiga ega. BSST Bosh direktori d-r Tedros Adxanom Gebreyesus aytganidek: “Insonlar sog‘lom ekan, ularning oila, jamoa va davlatlari farovon bo‘ladi. Hech kim yo dori, yo yemak xarid qilishni tanlashga majbur bo‘lishi kerak emas. Barchaning salomatligi Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishishga qaratilgan say-harakatlarni o‘ziga tortuvchi markazga aylanishi lozim”. Bugungi kunga kelib, dunyo aholisining kamida yarmi asosiy sog‘liqni saqlash xizmatlarini ololmaydi. 800 milliondan ziyod inson (dunyo aholisining deyarli 12%) oila byudjetining kamida 10 foizini o‘zi, betob farzandi yoki boshqa oila a’zosi uchun sog‘liqni saqlash xizmatlariga sarflaydi.
BSST O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari d-r Lian Kuppens o‘z nutqida ta’kidladi: “Ishonchli va umri boqiy sog‘liqni saqlash tizimlari, ya’ni inson ehtiyojlari, sog‘liqni mustahkamlash va kasalliklar oldini olishga qaratilgan hamda xizmatlarga ommaviy erishish imkoniyatini ta’minlaydigan sog‘liqni saqlash tizimlari, ham alohida fuqarolar, ham butun hamjamiyatlar ijtimoiy va iqtisodiy farovonligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi BSST O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda SSXOQ ta’minlash masalasiga 2018 yil mobaynida ustuvor e’tibor qaratishda davom etib, bu Butunjahon salomatlik kuni, sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni yanada kuchaytirish va chuqurlashtirish, SSXOQ ta’minlash masalasida barcha manfaatdor tomonlarni ko‘magini olish maqsadida shunday tomonlarni jalb qilishda o‘z aksini topadi.
Sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan ommaviy qamrov nima uchun muhim?
SSXOQga investitsiya qilish orqali davlatlar inson kapitaliga oqilona mablag‘ sarflashadi. So‘nggi o‘n yillar davomida SSXOQ salomatlik va taraqqiyot bilan bog‘liq boshqa maqsadlarga erishishni ta’minlashda muhim strategiyaga aylandi. Sog‘liqni saqlash borasida assiy xizmatlarni sifatli olish imkoniyati va moliyaviy muhofaza nafaqat salomatlik yaxshilanishi va inson umri uzayishiga, balki davlatlarni epidemiyalardan himoyalash, kambag‘allik va ochlik miqyosini qisqartirish, ish o‘rinlarini yaratish, iqtisodiy rivojlanish va gender tenglikka ham hissa qo‘shadi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar birlamchi va shoshilinch tibbiy yordamni yaxshilash hamda ixtisoslashgan tibbiy xizmatlarni olish imkonini yaratish orqali SSXOQ ga erishishga hissa qo‘shmoqda.
Har kim, har yerda sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan ommaviy qamrov yo‘lida ham o‘zi uchun, ham birov uchun jon kuydirishi mumkin, zero kuchli millatni aynan sog‘lom inson shakllantiradi. Har kim faol hayotiy pozitsiyada turish va SSXOQ borasidagi muhokamada ishtirok etish orqali xizmatlar bilan ommaviy qamrovni ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.