O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Buyuk Britaniya TIV delegatsiyasi bilan uchrashuv
2018-04-10 | Siyosat
2018-yilning 10-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta muzokarachisi Sara Kroft boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi O‘zbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarining dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda asosiy e’tibor Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bilan bog‘liq dolzarb masalalarga qaratildi. O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi amaldagi Bitim qoidalarini “Brexit” jarayonidan so‘ng kuchga kirishi kutilayotgan ikki tomonlama O‘zbekiston-Buyuk Britaniya shartnomasi loyihasiga kiritish to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Muzokaralarda Buyuk Britaniya Elchisi Kristofer Alan ishtirok etdi.