O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bugundan O‘zbekistonda "Tezkor pochta" ishga tushdi

2018-04-10 | Texnologiyalar

O‘zbekistonning pochta aloqasi sohasida milliy operatori mamlakatning pochta bozori ahvolini o‘rganib, foydalanuvchilarning fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda, "Tezkor pochta" xizmatini ishga tushirdi.

Bugun, ya’ni 10 apreldan boshlab yo‘lga qo‘yilgan "Tezkor pochta" xizmatidan yurtimiz bo‘ylab 15 ta pochta ob’ektlarida foydalanish mumkin. Aynan shu ob’ektlarda foydalanuvchilar jo‘natmalarni yuborishlari yoki qabul qilish imkoniga egalar. Istiqbolda "Tezkor pochta" xizmati ko‘rsatiladigan ob’ektlar sonining oshirilishi reja qilingan.

"Tezkor pochta" orqali jo‘natmalarni qabul qilinishi va yetkazib berilishi qisqa nazorat muddatlarda, hamyonbop narxlarda amalga oshiriladi.

Misol uchun, Toshkentdan Nukusgacha va boshqa viloyatlar markazlarigacha jo‘natmalar 24 soat ichida avtomobil, temir yo'llari yoki aviatransport orqali yetkazib beriladi va oluvchilar zudlik bilan pochta jo‘natmasi haqida telefon orqali xabardor qilinadilar.

"Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari"ga muvofiq, "Tezkor pochta" orqali ichki pochta jo‘natmalari uchun belgilangan hujjatlarni, ish qog‘ozlarini va xalq iste’moli mollarini jo‘natish mumkin.

"Tezkor pochta" xizmati ko'rsatiladigan obyektlar va xizmat tariflari bilan "O‘zbekiston pochtasi" AJ ning rasmiy saytida tanishib olishingiz mumkin.

Поделиться