O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ichki turizmni rivojlantirish yo‘lida: O‘zbekistonlik mashhur sayyoh Raxmatilla Qosimov Xorazmda

2018-04-10 | Turizm

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘rsida”gi PQ-3514-sonli qarorida belgilab berilgan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida mamlakatimiz bo‘ylab ichki turizmni rivojlantirish maqsadida nafaqat mahalliy sayyohlarning balki yurtimizdagi mashhur shaxslarning ham Xorazm viloyatiga safarlari tashkil qilinmoqda.

Jumladan, joriy yilning 14 mart kuni O‘zbekistonlik mashhur sayyoh Raxmatilla Qosimov Xiva shahriga tashrif buyurdi. Raxmatilla Kosimov 2017 yilda Andijondan Buxorogacha bo‘lgan yo‘nalishni 33 kunda piyoda bosib o‘tgan. Uning bu safardagi marshruti Nukus shahridan boshlanib, Xorazm, Buxoro, Surxandaryo, Qashqadaryo viloyatlari orqali o‘tib Samarqand shahrida tugallash belgilangan. Raxmatilla Qosimoqning Xorazm viloyatiga sayohati qisqa bo‘lishiga qaramasdan mehmon Xiva shahri “Ichan-qal’a” muzey qo‘riqxonasidagi “Paxlavon Maxmud” ziyoratgoxi, “Ko‘hna Ark” majmuasi, Xiva xonlarining mashhur “Toshxovli” saroyi, “Kalta minor” minorasi, “Juma masjid” jome’ masjidi, “Allaqulixon”, “Muxammad Aminxon” madrasalari bilan yaqindan tanishdilar.

Bundan tashqari mehmon o‘z sayohatlari davomida Xorazmning folklor jamoalari ishtirokidagi madaniy tadbirlar va milliy taomlardan baxramand bo‘ldi.

Поделиться