O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Me’yordan ortiq tutun chiqaradigan avtomobil egalariga chora ko‘riladi
2018-04-10 | Ekologiya
– Tekshiruvlarda is gazi va tutun qalinligi bo‘yicha me’yordan ortiq ko‘rsatkich aniqlangan avtomobillar egalariga kamchiliklarni bataraf etish bo‘yicha choralar ko‘riladi, – deydi Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassisi M.Qobilova. – 2017-yilda o‘tkazilgan “Toza havo” tadbirida 26 ming 839 avtomashina ko‘rikdan o‘tkazilib, 1 ming 100 dan ortiq havoga chiqayotgan tutun qalinligi yuqori darajada ekanligi aniqlangan. Ushbu muammoni bartaraf etish bo‘yicha barcha choralar ko‘rildi.
Joriy yilning aprel-may oylarida o‘tkaziladigan “Toza havo” tadbirining birinchi bosqichida 10 mingdan ziyod avtotransport vositalarining texnik holati ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bir necha yoqilg‘i quyish shoxobchalari va texnik ko‘rikdan o‘tkazish stansiyalarida ekologik nazorat ishlari olib boriladi.
Toshkent viloyati YHX hamda viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi birgalikda o‘tkazadigan “Toza havo” ekologik tadbirida hududdagi nazorat postlarida 2 doimiy va 8 harakatdagi ekologik postlar belgilandi.