O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Aholiga qulay bo‘lishi uchun

2018-04-10 | Sog‘liqni saqlash

Keyingi yillarda aholiga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi faoliyati ham tubdan takomillashmoqda. Mazkur tizimning moddiy-texnik bazasi boyitilmoqda. Jumladan, tegishli muassasalar “Nissan”, “Hyundai”, “Damas” rusumdagi yangi avtomashinalar bilan ta’minlandi. Birinchi yordam uchun zarur bo‘lgan barcha dori-darmonlar yetkazib berilyapti.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 25 yanvarida “Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qabul qilgan qarori bu boradagi keng ko‘lamli islohotlar, yangilanishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Qarorga muvofiq respublikamizning barcha hududlarida tez tibbiy yordamning uzluksiz, o‘z vaqtida ko‘rsatilishini ta’minlaydigan, ya’ni yagona telefon aloqasi orqali tunu kun bog‘lanish imkonini beradigan Call-markazlari tashkil etish belgilandi.

Ayni kunlarda Sirdaryo viloyatidagi tez tibbiy yordam markazlarida Call-markazlari tashkil etish bo‘yicha muayyan ishlar olib borilmoqda. Shuni ta’kidlash joyizki, Call-markazlarining bir qancha afzalliklari mavjud. Xususan, bemorga qanday yordam ko‘rsatilganligi sifatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri baholash hamda bemorning turar-joyini nazarga olgan holda, o‘sha hududga yaqin joylashgan shifoxonalar bilan bog‘lanish va tibbiy nazoratni olib borish imkonini beradi.

Qaror ijrosini bajarish doirasida joriy yilda hozirgi kunda Sirdaryo viloyatidagi tibbiyot muassasalarining o‘n nafardan ziyod mutaxassislarini Rossiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Germaniya kabi ilg‘or mamlakatlarda malaka oshirish uchun yuborish rejalashtirilgan.

 

Bobur TOJIBOYEV,

respublika Shoshilinch tez tibbiy yordam

ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filiali shifokori

Поделиться