O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Soliq islohotlari konsepsiyasi xalq muhokamasida

2018-04-10 | Jamiyat

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimini isloh qilish konsepsiyasi mamlakatimizning barcha hududlarida soha mutaxassislari, eskpertlar, olimlar, iqtisodchilar, tadbirkorlar hamda ommaviy axborot vositalari orqali qizg‘in muhokama etilmoqda.

Soliq sohasida ilk marotaba amaliyotga joriy etilayotgan yangi konsepsiyada yuridik shaxslar, tadbirkorlik subyektlariga engillik yaratish bilan birga oddiy fuqarolarni soliqqa tortish yo‘nalishida ham o‘zgartirishlar kiritilishi rejalashtirilgan.

Mazkur konsepsiyani ishlab chiqishdan asosiy maqsad Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan tadbirkorlarni, keng aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish, ularga soliq ma’muriyatchiligida imkoniyatlar yaratish, hamda “Faol tadbirkorlik, innofatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturining ijrosini ta’minlash orqali tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo‘l ochib berishga qaratilgan.

- Ushbu konsepsiya loyihasida ish beruvchi tomonidan to‘lanadigan turli soliq yukini yengillashtirish nazarda tutilgan bo‘lib, ulardan eng asosiysi qo‘shimcha qiymat solig‘ini kamaytirishga qaratilgan. Bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlarda qo‘shimcha qiymat solig‘i 20 foiz etib belgilangan. Soliq konsepsiyasi loyihasida esa bu miqdor O‘zbekistonda 12 foizga tushirilishi belgilanmoqda. Bunda qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lovchilar soni oshadi. Barcha tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan yiliga 1 milliard so‘mdan ortiq oborotga ega yakka tartibdagi tadbirkorlar ham qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘laydilar. Soliq islohotlari konsepsiya amaliyotga tatbiq etilsa tadbirkorlar uchun haqiqiy yordam vositasiga aylanadi. Birinchi navbatda, qo‘shimcha qiymat solig‘i stavkasi pasaytirilishi va yuridik shaxslarning deyarli barchasi shu soliq to‘loviga o‘tishi juda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, qo‘shimcha qiymat solig‘i juda foydali soliq. Bu qiymat tug‘dirish zanjiri uzluksizligini ta’minlash bilan birga umumiy soliq miqdorini qisqartiradi. Masalan, hozirda viloyatimizda 19 ming 330 ta tadbirkorlik subyektlarining faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.Mazkur yuridik shaxslarning faqatgina356 tasi (2 foizi) umumbelgilangan tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘laydigan tadbirkorlar hisoblanadi. Qolgan 18 ming 970 tasiya’ni 98 foiz tadbirkorlik subyektlari soddalashtirishgan tartibda soliq to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi. Ko‘pgina yirik tadbirkorlik subyektlari qo‘shimcha qiymat solig‘ini to‘lashdan qochib, tashkilotini 3-4 yuridik qismga bo‘lib yuborgan holatlari ham mavjud. Konsepsiya ana shunday holatlarga jiddiy e’tibor qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir, - deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Shuhrat Saidov.

Shuningdek, soliq islohotlari konsepsiyasida jismoniy shaxslar uchun ham soliq to‘lovlarida bir qancha yengilliklar berilishi nazarda tutilgan. Ya’ni jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘i, yagona ijtimoiy to‘lov hamda Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini 25 foiz miqdorida bo‘lgan yagona soliqqa birlashtirish taklif etilmoqda.

Konsepsiya loyihasida sug‘orish va er qa’ridan foydalanuvchilarni soliqqa tortish tizimini takomillashtirish, soliq solish bazasini birxillashtirish va ustav kapitalining amaldagi turi bo‘yicha royhalti to‘loviga o‘tkazish yo‘li bilan ustama foyda solig‘ini bekor qilish, aksiz solig‘i turlarini kamaytirish ham ko‘zda tutilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, bugun xalq muhokamasiga taqdim etilgan mazkur huquqiy hujjat soliq sohasini tubdan isloh qilishda, uning ochiq va oshkoraligini ta’minlashda, tadbirkorlarning umummiy soliq yukini kamaytirishda hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqishning soddalashtirilgan mexanizmini amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Dilrabo KURYAZOVA

Xorazm viloyat davlat soliq boshqarmasi

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i

Поделиться