O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Boysunda maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi
2018-04-10 | Ta’lim
Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimi takomillashtirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida shahar va qishloqlarimizda zamonaviy qiyofadagi maktabgacha ta’lim muassasalari barpo etilmoqda.
Shunday muassasalardan biri Boysun tumanidagi 10-sonli “Orzu” maktabgacha ta’lim muassasasi “Surhan gas chemical operating company” MChJ xorijiy korxonasi homiyligida mukammal ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. 100 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur muassasada bolalarga jahon andozalari asosida ta’lim va tarbiya berish bilan bir qatorda bolajonlar jismonan sog‘lom va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Ushbu muassasaning foydalanishga topshirilishi Boshrabotlik jajji bolajonlarning cheksiz quvonchiga sabab bo‘ldi.