O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Namangan viloyati sudi raisi tashabbusi bilan
2018-04-10 | Jamiyat
Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati sudi raisi tashabbusi bilan viloyat sudi binosida tashkil etilgan “Jamoatchilik vakillari va aholining huquqiy savodxonligini oshirish xonasi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha hamda ma’muriy va iqtisodiy sudlar sudyalari tomonidan “Nuroniy” jamg‘armasining shahar va tumanlar bo‘limlari, xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, fuqarolar yig‘inlari raislari, ularning maslahatchilari hamda yoshlar ittifoqi vakillarining huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan 2018 yilning aprel-iyun oylari davomida o‘quv seminar mashg‘ulotlari o‘tkazish dasturi imzolandi.
Mazkur dasturga asosan har 15 kunda tumanlardagi jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha hamda ma’muriy va iqtisodiy sudlar sudyalari “Nuroniy” jamg‘armalari, “Mahalla” xayriya jamoat fondlari, Yoshlar ittifoqi va xotin-qizlar qo‘mitalari vakillariga yangi qabul qilingan qonunlar mazmun-mohiyatini tushuntirib, ularning huquqiy savodxonligi oshirib boradilar.
Namangan shahridagi yoshlar markazida viloyat sudlari raislari D.Kamilov, A.Safayev, S.Paxmonov, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi I.Najmiddinov, O‘zbeksiton yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi I.Rahimov, “Mahalla” xayriya jamoat fondi raislari, shahar va tumanlar sudlari raislari, sudyalari, keng jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirokida 2018 yilning aprel-iyun oylari davomida huquqiy savodxonlikni oshirish yuzasidan o‘quv seminar mashg‘ulotlari o‘tkazish dasturini hayotga tadbiq etish, viloyatda huquqbuzarliklar proflaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etilib, bu boradagi kelgusi vazifalarni hamkorlikda amalga oshirishga kelishib olindi.