O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘tgan 4 yilda 7 ta, joriy yilning birinchi choragida esa 114 shaxs oqlangan

2018-04-10 | Jamiyat

2017-yilda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 262 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan. Joriy yilning birinchi choragida esa 114 shaxs oqlangan. Vaholanki, 2012-2016 yillarda bor-yo‘g‘i 7 nafar shaxs oqlangan edi.

Bu haqda O‘zA muxbiriga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi mas’ul xodimi Aziz Obidov ma’lum qildi. 

Joriy yilda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan shaxslarni aybsiz, deb topish va reabilitatsiya qilish bilan bog‘liq sud qarorlari o‘rganib chiqilganda sudlar bu masalaga yanada mas’uliyat bilan yondoshayotgani ma’lum bo‘lgan. 

Xususan, birinchi instansiya sudlari tomonidan 55 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan. Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi (reabilitatsiya uchun asoslar) asnosida 9 nafar shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tugatilgan. Yuqori turuvchi instansiya sudlari tomonidan 50 nafar shaxs oqlangan va ularga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari tugatilgan. 

Oliy sud Rayosati tomonidan 2 nafar shaxs va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan esa 9 nafar shaxs oqlangan va reabilitatsiya qilingan. 

Tahlil natijalariga ko‘ra, birinchi, apellatsiya va kassatsiya instansiyalari sudlari tomonidan Qashqadaryo viloyatida - 29, Toshkent shahrida - 16, Toshkent viloyatida - 13, Surxondaryo viloyatida -7, Andijon viloyatida – 7, Xorazm viloyatida – 6, Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 5, Samarqand viloyatida - 5, Farg‘ona viloyatida - 4, Jizzax viloyatida - 4, Sirdaryo viloyatida - 4, Navoiy viloyatida – 4 va Buxoro viloyatida 1 nafar shaxs oqlangan va reabilitatsiya qilingan. 

Oliy sud tomonidan ushbu sud qarorlari o‘rganib chiqildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha e’lon qilingan ayblovlar dalillar bilan tasdiqlanmagani, taxminlar yoki mish-mishlardan iborat ma’lumotlar hamda nomaqbul dalillarga asoslangani bois sudlar tomonidan barcha qarorlar asosli ravishda chiqarilgan, deb topildi. 

 

Norgul Abduraimova, O‘zA

Поделиться