O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

FAO Bosh direktori o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida

2018-04-10 | Siyosat

2018-yilning 9-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mamlakatimizga tashrif bilan kelgan BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiyaga FAO Bosh direktori o‘rinbosari, Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Vladimir Raxmanin boshchilik qilmoqda.

Tashrif dasturiga ko‘ra Buxoro shahrida ipakchilik bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etish, ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

TIVda bo‘lib o‘tgan suhbat davomida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va FAO o‘rtasida samarali hamkorlik o‘rnatilganligini tomonlar yuqori baholaydi. 2014-yil iyun oyida tashkilotning Toshkentda Vakolatxonasi ochilganidan so‘ng aloqalar faollashgani qayd etildi.

Hozirgi vaqtda o‘zbekistonlik hamkorlari bilan birgalikda FAO qator milliy va mintaqaviy loyihalarni amalga oshirmoqda, bular o‘simlikshunoslik, o‘rmonchilik, urug‘chilik, qurg‘oqchilik bilan kurash, yer degradatsiyasini oldini olish, cho‘l bioxilma-xilligini saqlash va undan barqaror foydalanish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Muzokaralarda BMTning Sanoat taraqqiyoti bo‘yicha tashkiloti (YUNIDO) bilan birgalikda ipakchilik bo‘yicha loyihani tayyorlash va amalga oshirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi, shuningdek, FAOning 2018-2021-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston uchun tayyorlanayotgan Hadli dasturi yuzasidan fikr almashildi.

Поделиться