O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Nigina va Kamola ikkinchi davrada
2018-04-10 | Sport
Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi - ITF tomonidan o‘tkazilayotgan “Shymkent Open - 2018” turnirida tennischilarimizdan Nigina Abduraimova hamda Kamola Umarova ikkinchi davraga yo‘l oldi.
Turnirning birinchi davrasida Nigina qozog‘istonlik Aleksandra Grinchishinaga qarshi kortga chiqdi. O‘yinning birinchi setini 3:6 hisobida boy bergan tennischimiz ikkinchi setda 7:5 hisobida g‘alaba qozondi. So‘nggi hal qiluvchi uchinchi setida Nigina 5:1 hisobida oldinda borayotgan bir paytda Aleksandra o‘yinni davom ettirishdan bosh tortdi va mag‘lubiyatini tan oldi.
Shuningdek Kamola Umarova mezbon tennischi Yelizaveta Karlovani 6:4, 6:3 hisobida mag‘lkbiyatga uchratdi.
Bugun musobaqada vakillarimizdan Yasmina Karimjonova rossiyalik Margarita Lazareva, Sevil Yo‘ldosheva hindistonlik Pranjala Yadlapalli, Albina Xabibulina slovakiyalik Viktoriya Morvayova bilan raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA