O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xorijlik professor-o‘qituvchilar O‘zMUda tajriba almashmoqda
2018-04-10 | Ta’lim
Joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston Milliy universitetida zamonaviy innovatsion o‘quv dasturlar ishlab chiqish, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida bilim almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda ilmiy izlanishlar sohasida akademik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha rejalar ishlab chiqish, multidissiplinar dasturlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha universitetda Xolon texnologiya universiteti fakultetini tashkil etish yuzasidan Memorandum imzolangan.
Xolon Texnologiya institutining bir guruh professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdilar. Ular Fizika, Matematika, Biologiya va Kimyo fakultetlarida doktorantura hamda magistratura talabalariga ma’ruzalar o‘qidilar, shuningdek, O‘zMU professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda davra suhbatlari, ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazdilar.
Isroillik mehmonlar hamkorlikdagi darslar boshlanishi oldidan Xolon texnologiyalar institutining prezidenti Eduard Yakubovning salomini yetkazib, “u 50 yil oldin O‘zbekiston Milliy universitetining Matematika fakultetini tugatganligini doim faxr bilan eslashi”ni alohida ta’kidlab o‘tdilar.
Tinglovchilar tomonidan Kvant fizikasi va gipervizorlar bilan bog‘liq mavzularda berilgan savollarga isroillik olimlar atroflicha javob berib, O‘zMU talabalarining ilm-fanga bo‘lgan qiziqishlari va bilimlarini olqishladi.
Amaliy mashg‘ulotlar davomida Fizika fakulteti laboratoriyalari va yuqori texnologiyalari Markazi isroillik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Xolon Texnologiya instituti professor-o‘qituvchilarning hamkorlikdagi mashg‘ulotlari joriy yilning 10 aprel kunigacha davom etadi.