O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonlik kursantlar matematika bo‘yicha xalqaro olimpiada sovrindori

2018-04-10 | Jamiyat

Avval xabar qilinganidek, 2-6 aprel kunlari Olmaotada MDH mamlakatlari mudofaa vazirliklari harbiy oliy o‘quv yurtlari kursantlari o‘rtasida xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonlik kursantlar unda uchinchi o‘rinni egalladi, deb xabar qiladi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati. 

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti o‘qituvchisi Ra’no Yusupova boshchiligidagi kursantlar Shahzodbek Rustamov, Bobur Abdurashidov, Jabbor Muhammadiyev va Sarvar Noraliyev Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan olimpiadada Armaniston, Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston va Tojikiston jamoalari vakillari bilan bahslashib, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi. 

Rossiya Harbiy universiteti kursantlari birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘ringa qozog‘istonlik kursantlar, uchinchi o‘ringa yurtdoshlarimiz sazovor bo‘ldi. Olimpiadaning g‘olib va sovrindorlari medal, kubok va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. 

Harbiy bilim yurtlari kursantlari o‘rtasidagi xalqaro olimpiadaning navbatdagi bosqichi (informatika bo‘yicha) 16-20 aprel kunlari Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadi. Unda yurtimiz sharafini Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus fakulteti kursantlari himoya qiladi. 
 

Ablay Kamolov, O‘zA

Поделиться