O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Majburiy tibbiy sug‘urta: Janubiy Koreya tajribasi

2018-04-10 | Sog‘liqni saqlash

O‘bekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida shu mavzuda amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. 

Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda Koreya Milliy assambleyasi tadqiqot markazi o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumi ijrosi doirasida tashkil etilgan seminarda Koreya Respublikasi Milliy assambleyasi tadqiqot markazi vakillari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi va mamlakatimizning yetakchi sug‘urta kompaniyalari mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 

Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad Koreya Respublikasining milliy tibbiy sug‘urta tizimini chuqur o‘rgangan holda, bu boradagi ijobiy tajribalaridan yurtimizda ham foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 

Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori R.Hakimov 2017-yil noyabr oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi ikki tomonlama aloqalar rivojini yangi bosqichga ko‘targanini ta’kidladi. Mazkur seminar ham O‘zbekiston – Janubiy Koreya strategik hamkorlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi. 

Janubiy Koreya milliy tibbiy sug‘urta tizimi va tibbiyotning rivojlanishi bo‘yicha dunyo miqyosida 4-o‘rinda turadi. Ushbu tizim hozirgi kunda jahonning ko‘plab davlatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan tadqiq etilmoqda. Mamlakat tibbiy sug‘urta tizimi halqaro tamoyillarga javob bergan holda mamlakat narx siyosatiga monand tarzda takomillashib borishi bilan tavsiflanadi. Shu sababdan u xalqaro talablarga to‘liq javob beradi va aholining barcha qatlamlari manfaatlarini himoya qiladi. 

Koreya Respublikasining tibbiy sug‘urta tizimini bevosita o‘rganish va yutuqlarini mamlakatimiz milliy qonunchiligiga tatbiq etish sog‘liqni saqlash tizimining takomillashuviga va aholi salomatligini samarali muhofaza qilish tizimini yaratishga xizmat qiladi. 

Seminarda xorijlik mutaxassislar Koreya Respublikasining majburiy tibbiy sug‘urta tizimi amaliyoti va qonunchiligining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdi. 

Tadbir yakunida bildirilgan fikr-mulohazalar asosida O‘zbekistonda majburiy tibbiy sug‘urta tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Shuningdek, kelgusida Koreya Respublikasi Milliy assambleyasi tadqiqot markazi bilan qator ilmiy tadqiqotlar va loyihalar o‘tkazishga kelishib olindi. 

 

Go‘zal Sattorova, O‘zA

Поделиться