O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

9 nafar hamyurtimizga fuqarolik pasporti tantanali ravishda topshirildi

2018-04-09 | Jamiyat

Toshkent shahar hokimligida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 martdagi PF-5374-sonli farmoniga asosan poytaxtda istiqomat qilib Vatan taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shib kelayotgan 9 nafar hamyurtimizga fuqarolik pasporti tantanali ravishda topshirildi. 

Tadbirda mamlakatimizda fuqarolar huquq va erkinliklari, shaxsiy manfaatlari qonun bilan kafolatlab qo'yilgani, har bir fuqaroga beriladigan pasport O'zbekiston Respublikasining mulki bo'lib, uning egasi davlat muhofazasida ekani alohida ta'kidlandi.

O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy holati, irqi, millati, jinsi, ma'lumoti, tili, dinga munosabati hamda siyosiy va boshqa e'tiqodidan qat'i nazar, “O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida”gi qonun kuchga kirgan vaqtda turli ob'ektiv va boshqa hayotiy sharoitlarga ko'ra mamlakat tashqarisida bo'lgan mahalliy aholi, shuningdek, boshqa mamlakatlarda tug'ilib-o'sib, O'zbekistonni o'z Vatani sifatida chin dildan tan olgan, uning rivoji uchun munosib hissa qo'shgan shaxslar qabul qilinishi mumkin. 

Fuqarolik pasportini olgan yurtdoshlarimiz mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, inson manfaatlarining to'laqonli himoyasi hamda qonun ustuvorligini ta'minlashga qaratilgan ulkan ishlar amalga oshirilayotganini ta'kidladi. 

Поделиться