O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ipakchilik: Jahon amaliyotida kuzatilmagan loyiha

2018-04-09 | Jamiyat

Poytaxtimizda «O‘zbekiston-Evropa ipakchilik forumi» hamda tabiiy ipak matolardan tayyorlangan milliy liboslar namoyishini o‘tkazish borasidagi ilk anjuman boshlandi.

Unda Yevropaning Fransiya, Italiya va boshqa o‘nga yaqin davlatlaridan turli vazirlik va kompaniyalar rahbarlari ishtirok etmoqda. 

Bugungi kunda, O‘zbekiston ipak tolasi ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoy va Hindistondan keyin dunyoda 3-o‘rinni, aholi jon boshiga ishlab chiqarish bo‘yicha esa dunyoda 1-o‘rinni egallaydi. O‘zbekiston Respublikasida ipakchilikning rivojlanishi uzoq tarixga ega. Respublikamizning janubida, Farg‘ona vodiysida hamda Zarafshon daryosi manbalarida ipakchilik va pilla yigirish amaliyoti 4 ming yil avval ham mavjud bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. 

1991-2016 yillarda O‘zbekistonning ipak sanoati iqtisodiyotdagi strukturaviy o‘zgarishlar va jahon bozoridagi talab taqchilligi sababli pasayishga yuz tutdi va 2017 yilda bor-yo‘g‘i 13 000 tonna pilla yetishtirildi. Birinchi navbatda bu pasayish qishloq joylarida minglab ish o‘rinlarini yo‘qotilishi, aholi daromadini kamayishi va mamlakatga valyuta oqimining kamayishini ko‘rsatadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 martdagi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining qabul qilinishi pillachilik tarmog‘ini yangi rivojlanish bosqichga olib chiqish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. 

Unga ko‘ra tasdiqlangan “2017-2021 yillarda pillachilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi” doirasida pillachilik sohasida faoliyat yuritayotgan 20 ta ipak qurti urug‘i ishlab chiqarish va 40 dan ortiq pillani qayta ishlash korxonasi modernizatsiya qilinib, sifatli va jahon bozorida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Shuningdek, 2017-2021 yillarda xom ipak ishlab chiqarish hajmini 2 barobarga oshirish va yiliga 3 ming tonnaga yetkazish, xom ashyoni chuqur qayta ishlashni tashkil qilish orqali ipak mato ishlab chiqarish hajmini qariyb 8 martaga oshirish va yiliga 11,2 mln.p.metrga yetkazish ko‘zda tutilmoqda. 

Bugun ana shu vazifalar ijrosi doirasida “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi FAOning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori, FAO bosh direktori muovini V. Raxmaninni shunday dedi: “Men faoliyat yuritayotgan tashkilot bilan O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik 2001 yilda ilk bora yo‘lga qo‘yilgan edi. Bugun kelib, katta taassurotlarga ega bo‘ldim. Yurtingizda zanjirsimon usuldan keng foydalanilayotgani, ipakchilik sektorida qo‘shilgan qiymatlar zanjirini takomillashtirish va eksport salohiyatini kuchaytirish, qishloq joylarda yangi ish o‘rinlari va daromad manbaini yaratilayotgani alohida e’tirofga loyiq. Ipakchilik tizimiga yoshlar va xotin-qizlarning faol ishtiroki oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishini ta’minlaydi. Biz hamkorlikda yangi loyihalar ishlab chiqishga tayyormiz.” 

 

Sayyora Shoyeva, O‘zA

Поделиться