O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yoshlar Ittifoqi xorijda yashovchi yosh vatandoshlarni yurtimizga chorlamoqda
2018-04-09 | Jamiyat
Endilikda xorijiy mamlakatlarda istiqomat qilayotgan, u yerda tahsil olib o‘z o‘rniga ega bo‘lgan 16 yoshdan- 30 yoshgacha bo‘lgan vatandoshlarimiz yurtimiz rivojiga, istiqbol va iqtisodiyotiga yanada keng ko‘lamda munosib hissa qo‘shishi mumkin. Bu imkoniyatni O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashi chet elda tahsil olayotgan vatandoshlarimizga yaratib bermoqda.
Shu bois O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi hamda “O‘zbekiston yoshlari” Umumjahon assotsiatsiya tomonidan “Yosh vatandoshlar” festivali o‘tkazilishi rejalashtirildi.
Festival 2018 yilning 10-16 aprel kunlari Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlarida bo‘lib o‘tilishi kutilmoqda.
“Yosh vatandoshlar” festivaliga AQSh, Rossiya, Yaponiya, Turkiya, Pokiston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi qator nufuzli mamlakatlardan ham 70 ga yaqin yoshlar taklif etilgan.
Festival mehmonlari yurtimizga tashrifi doirasida jamiyatimiz hayoti va faoliyatining barcha sohalarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga guvoh bo‘lib, o‘zbek yoshlari bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Aytishimiz joizki, festival O‘zbekiston yoshlari hamda yaqin va uzoq xorijiy davlatlari o‘rtasida do‘stlik, hamkorlik va fikr almashish uchun ochiq maydonga aylanadi.
Nazokat Rajabova, O‘zA