O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bangladesh delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi to‘g‘risida
2018-04-07 | Siyosat
2018-yilning 8-aprel kuni Toshkent shahriga Bangladesh Xalq Respublikasi Tashqi ishlar davlat vaziri Shahriyar Alam boshchiligidagi delegatsiya keladi.
Tashrif davomida O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Tashqi ishlar vazirligida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish, Samarqand va Buxoro viloyatlarida bo‘lish rejalashtirilgan.
Tarkibida milliy biznes vakillari bo‘lgan Bangladesh delegatsiyasi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tashkil etilayotgan ikki davlat ishbilarmon doiralari seminarida ishtiok etadi.