O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"Uzbek Tigers" Termizda kuch sinashadi

2018-04-06 | Jamiyat

Termiz shahri Butun jahon boks seriyasining sakkizinchi mavsumiga mezbonlik qilmoqda.

Ertaga, ya’ni 7 aprel kuni WSB yo‘nalishi musobaqasida ishtirok etayotgan "Uzbek Tigers" Surxondaryo viloyati markazida guruhdagi so‘nggi ikki uchrashuvida venesuelalik raqiblariga qarshi o‘nta jang o‘tkazadi. Jamoalar o‘rtasidagi har ikkala uchrashuv “Alpomish” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. 

O‘zlarining qiziqarli jangi bilan muxlislarni xushnud etishga puxta hozirlik ko‘rgan bokschilarimiz musobaqa oldidan Termiz shahrining diqqatga sazovar joylarida bo‘ldi. Buyuk alloma Hakim Termiziy majmuasini ziyorat qildi.

– Bellashuvga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rganmiz,­ – deydi olimpiya chempioni Shahobiddin Zoirov.­ – Men 56 kilogramm vazn toifasida ringga chiqib, muxlislarim ishonchini qozonmoqchiman. Raqiblarimiz ham kuchli. Bugun ulug‘ bobomiz Hakim Termiziy mangu qo‘nim topgan maskanni erta tongdan ziyorat qildik. Bu to‘qnashuvlarni muvaffaqiyatli o‘tkazishimizda jamoamizga ruhan madad bag‘ishlab turadi. 

Bugun har ikkala jamoa tarozidan o‘tadi. Jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etiladi. Ertaga muxlislar jamoalar o‘rtasidagi janglarni miriqib tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

 

Xolmo‘min Mamatrayimov, Muhammad Amin (surat) O‘zA 

Поделиться