O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“O‘zbekiston Latviya xalqlar do‘stligi” nomli avto poyga ishtirokchilarining Xorazm viloyatiga tashrifi to‘g‘risida

2018-04-06 | Turizm

Toshkent-Riga yo‘nalishi bo‘yicha joriy yil 31 mart va 9 aprel kunlari Latviya Respublikasining “Sonora” transport va logistika kompaniyasi boshchiligida tashkil etilgan “O‘zbekiston Latviya xalqlar do‘stligi” avto poygasida qatnashayotgan 11 nafar ishtirokchilar 2018 yil 3 aprel kuni go’zal va qadimiy Xorazm viloyatiga yetib kelishdi.

Mehmonlar dastlab tobora zamonaviy qiyofa kasb etib borayotgan kechki Urganch shahri hayoti bilan yaqindan tanishishdi. Tashrifnining ikkinchi kunida mehmonlar “Sharq gavhari” hisoblanmish Xiva shahriga ya’ni ochiq osmon ostidagi muzey-shahar "Ichan qal’a" davlat muzey qo‘riqxonasiga tashrif buyurishdi. Sayohat jarayonida mehmonlar haqiqatdan ham Xiva shahridagi mazkur qadimiy obidalar, muqaddas qadamjolar, ulug‘ ulamolar va xonlar o‘tgan mazkur qal’a turistlarni o‘ziga jalb qilishiga ishonch bildirib, bu shahar ularda o‘zgacha taassurot qoldirganini ta’kidlab o‘tishdi.

Shu kunning o‘zida mehmonlar hamda Xorazm viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari T.Davletov o‘rtasida yuzma-yuz muloqot bo‘lib o‘tdi. Mazkur muloqot ya’ni uchrashuv jarayonida ikki tomonlama fikr mulohazalar almashildi hamda Xorazm viloyati hokimligi tomonidan mehmonlar uchun qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Avto poyga mashinalari esa maxsus Xorazm viloyati sayyohlik ramzi (brendi) tushirilgan logotiplar bilan bezatildi.

Mehmonlar shu kunning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketishdi.

Поделиться