O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bojxonachilar o‘q-dorilar kontrabandasiga chek qo‘yishdi
2018-04-06 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasiga binoan bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib, deklaratsiyasiz o‘q-dorilarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Shunga qaramay ayrim fuqarolar tomonidan o‘q-dorilarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tishga urinishlar ko‘zga tashlanmoqda.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Najimov” chegara-bojxona postida qo‘shni davlatdan piyoda kirib kelgan fuqaro R. D. bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ma’lum qilmasdan turib, 10 ta qutida jami 2 kg. porox, 50 dona 12 mm. kalibrdagi patron, 1536 dona dona kapsulalarni bojxona nazoratidan yashirincha olib kirishga uringan paytda to‘xtatib qolindi.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartiblarga muvofiq, respublikamiz bojxona chegaralari orqali qurol-yarog‘, o‘qotar qurol va o‘q dorilarni kontrabanda qilish 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Modomiki, shaxs ushbu buyumlarni o‘z ixtiyori bilan topshirsa, javobgarlikdan ozod etiladi.