O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Chimkentdan medallar bilan qaytishdi
2018-04-06 | Sport
Qozog‘istonning Chimkent shahrida taekvondo (ITF) “Chimkent Open 2018” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqada sovrinli o‘rinlar uchun 900ga yaqin sportchilar bahs olib borishdi.
Yurtdoshlarimiz umumjamoa hisobida mezbonlardan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallashdi va Tojikiston va Qirg‘iziston vakillarini ortda qoldirishdi.
Quyidagi hamyurtlarimiz Chimkent turniri chempioni unvoniga sazovor bo‘lishdi: Zulfiya Rahmonova (18 kg gacha vazn toifasida), Durdona Sattorova (-24 kg), Oysha Toshpo‘latova (-40 kg) va Navro‘zbek Akobirov (-30 kg).
Azizbek Sodiqov (-26 kg), Feruz Sharipov (-30 kg), Mirfayoz Hakimjonov (-55 kg), Muhammadjon Muhammedov (-57 kg), shuningdek, Charos Nasriddinova (-24 kg), Mahfuza Jumaboyeva (-45 kg) va Marjona Sanaqulova (-58 kg) kumush medallar bilan taqdirlandi.
Shohsupaning uchinchi pog‘onasidan Oynur Abduvaliyeva (-22 kg), Nilufar Allaberdiyeva (-35 kg) va Mirfayoz Hakimjonov (-51 kg) joy oldi.
Zuhra Ergasheva