O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Oltin mergan” xalqaro turniri davom etmoqda
2018-04-06 | Sport
Qozog‘istonda pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha “Oltin mergan” xalqaro turniri davom etmoqda.
Dastlabki kun ishtirokchilar pnevmatik miltiqdan o‘q otish mashqlarida mahoratlarini ishga solishdi. E’tiborlisi, 30 ga yaqin merganlar o‘rtasidagi saralash bahslarida hamyurtimiz Vadim Skorovarov eng yaxshi natijani qayd etdi. Saidxon Sayfuddinovning natijasi esa beshinchi o‘ringa munosib topilgan.
Ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda esa 31 nafar ishtirokchi final yo‘llanmasi uchun kurash olib borishdi. Quvonarlisi natijalarga ko‘ra yana o‘zbekistonlik sportchi eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Terma jamoamiz yetakchisi Sakina Mamedova birinchi natijani, yosh sportchimiz Zaynab Pardaboyeva uchinchi natijani qayd etishgan. Xalqaro turnir davom etadi.