O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Adliya” klubi tashkil etildi
2018-04-06 | Jamiyat
“Yurisprudensiya” mutaxassisligi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida “Adliya” klubi tashkil etildi va u o‘z faoliyatini boshladi.
Klub rezidentlari o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida Adliya vazirligi va organlarida amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Klubda rezidentlik mahalida talabalar Vazirlikda ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar, o‘zlariga qiziq bo‘lgan tarkibiy bo‘linmalar ish faoliyati bilan tanishadilar, ish faoliyatlarini boshlash uchun kerakli tajriba orttiradilar.
OTMda o‘qishni bitirgandan so‘ng Klub rezidentlari Adliya vazirligi va tarkibiy bo‘linmalariga ishga qabul qilinishda imtiyozga egadirlar.