O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O'zbekiston va Turkiya imtiyozli savdo shartnomasini tayyorlashmoqda

2018-04-06 | Iqtisodiyot

O’zbekiston tashqi savdo vazirligida, Turkiya Respublikasining iqtisodiyot vazirligi va bojxona qo’mitasi bilan birgalikda O’zbekiston va Turkiya Respublikalari o’rtasida imtiyozli savdo kelishuvi loyihasi bo'yicha muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo’lib o’tdi. Muzokaralarda o’zbek tomonidan Tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat bojxona qo’mitasi, “O’zstandart” agentligi va “O’zbekekspertiza” AJ dan ekspertlar qatnashdi.

Muzokaralar davomida imtiyozli savdo to'g'risidagi bitim loyihasining matni, shuningdek, ikki davlat o'rtasidagi savdo munosabatlari doirasida imtiyozlar taqdim etiladigan tovarlar ro’yxati ko’rib chiqildi.

Yig'ilish natijasida o'zaro manfaatli shartlarni kelishish va bitim matnini tayyorlash maqsadida ekspertlar ishtirokidagi muzokaralarni davom ettirish rejalashtirilgan.

Eslatib o’tamiz, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Turkiya Respublikasiga tashrifi chog’ida, 2017-yil 25-oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi savdo vazirligi va Turkiya Respublikasi iqtisodiyot vazirligi o’rtasida ikki mamlakatning o’zaro savdo-iqtisodiy sohadagi aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida o’zaro kelishuv Memorandumi imzolangan.

Поделиться