O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Rossiya Federatsiyasi Stavropol o’lkasida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida “Tezkor raqamlari” ochildi
2018-04-06 | Jamiyat
Rossiya Federatsiyasi Stavropol o’lkasida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida “Tezkor raqamlari” ochildi.
O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi "Call-centre" ga fuqaro A.Boymatovdan tushgan ma'lumotga ko'ra, (O'zbekiston Respublikasi fuqarosi, hozirgi paytda Rossiya Federatsiyasi hududida) 2018 yilning 4 aprel kuni soat 18:39 da Rossiya Federatsiyasi, Izobil shahar okrugining “Stavropol-Novoaleksandrovsk” avtomobil yo’lida “ВАЗ-2101” rusumli yengil avtomobili, “Isuzu» rusumli yuk avtomobili bilan to’qnashib, yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.
YTH natijasida 4 nafar O’zbekiston Respublikasi fuqarolari vafot etgan.
Vafot etgan fuqarolar:
1.Jumaqulov Shuhrat, 1983 y.t.
2.Tagaev Mirjalol, 1991 y.t.
3.Qarshiev Muhritdin, 1995 y.t.
4.Yunusov Bahrom, 1988 y.t.
Birlamchi ma’lumotlarga ko’ra, vafot etgan fuqarolar Jizzax viloyati Zomin tumanidan.
Vafot etganlarning jasadlari Izobil shahar okrugining markaziy kasalxonasiga olib borilgan.
Ushbu ma'lumotni Rossiya Federatsiyasi favqulodda vaziyatlar boshqaruvi milliy markazi tomonidan tasdiqlandi.
Ushbu voqea yuzasidan batafsil ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan ochilgan “Tezkor raqam” (+998 71) 147-10-50 dan olishingiz mumkin.