Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida boshlangan tantanali tadbirda adabiyotimiz namoyandalari – yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, adabiyotshunos olimlar, yosh ijodkorlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.
Prezidentimizning “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi X.Sultonov o‘qib eshittirmoqda.
Tadbir tafsilotlari haqida saytimizda yana yoritiladi.