O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda Rostrud va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘rtasida axborot almashuviga oid Bitimni amalga oshirish masalalari bo‘yicha Ishchi guruhi va Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislari o‘tkazildi

2018-04-06 | Jamiyat

2018 yil 5 aprelda Rossiya Federatsiyasi Mehnat va bandlik bo‘yicha federal xizmati delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Toshkentda Rostrud va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘rtasida axborot almashuviga oid Bitimni amalga oshirish masalalari bo‘yicha Ishchi guruhi va Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislari o‘tkazildi.

Rossiya Federatsiyasi Mehnat va bandlik bo‘yicha federal xizmati delegatsiyasiga mazkur idora rahbarining o‘rinbosari M.Ivankov rahbarlik qilmoqda. Majlislarda, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Mehnat va bandlik bo‘yicha federal xizmati Nazorat, taftish va aholi bandligi, ijtimoiy himoya va davlat kafolatlari bo‘yicha loyihalar Boshqarmasi boshlig‘i D.Fransev, Rossiya Federatsiyasi Mehnat va bandlik bo‘yicha federal xizmati Yuridik Boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibasi O.Korchemkina va Rossiya Federatsiyasi Mehnat va bandlik bo‘yicha federal xizmati ning Mehnat munosabatlari sohasida loyihalash faoliyati Boshqarmasi boshlig‘i I.Zubkova ishtirok etdilar.

Ishchi guruhi va Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislarida O‘zbekiston tomonidan Bandlik va me=nat munosabatlari vazirining birinchi щrinbosari E.Mu=iddinov, vazir щrinbosari Z.Umarov, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i R.Ibragimov, Agentlik rahbarining o‘rinbosari B.Tursunov va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.

Ma’lumki, “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy jalb etish va ishga qabul qilish to‘g‘risida” Bitimga muvofiq Mehnat va bandlik bo‘yicha Federal xizmat Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda: ishchilarga extiyoji bo‘lgan Rossiya ish beruvchilari, bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlar, ish xususiyati, ish haqi, ish rejimi, ta’lim, kasbiy bilimlar, ko‘nikmalar, ish stajiga bo‘lgan malaka talablari, ish beruvchi tomonidan chet ellik ishchiga taqdim etiladigan qo‘shimcha ijtimoiy kafolatlar to‘g‘risida axborotni axborot-tahliliy tizimda joylashtirish bo‘yicha faoliyatni tashkillashtiradi; mehnat qonunchiligi va mehnat huquqi normalari mavjud bo‘lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

Rostrud va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘rtasida axborot almashuviga oid Bitimni amalga oshirish masalalari bo‘yicha Ishchi guruhi va Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy jalb etish va ishga qabul qilish bo‘yicha mexanizmni tashkil etish jarayonida yuzaga kelgan va aniqlangan muammolar va masalalar muhokama etildi va ularni hal etishning birgalikdagi yo‘llari hamda yechimlari ishlab chiqildi.

Ishchi guruhi va Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari shuningdek Samarqand shahridagi Mehnat migrantlarini tayyorlash va jo‘natish markaziga tashrif buyuradilar hamda shaharning e’tiborga loyiq yodgorliklarini ziyorat qiladilar.

Поделиться