O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda professor-o‘qituvchilarning maoshi oshirildi

2018-04-06 | Jamiyat

Respublika oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qabul qilingan Prezident qaroriga ko‘ra mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va 136 ta ilmiy-tadqiqot institutlari ilmiy xodimlarining maoshi oshirildi.

Qaror bilan 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab:

oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilarining – bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari o‘rtacha 25 foizga va stajer-o‘qituvchi hamda fan doktori ilmiy darajasiga ega professor ish haqining miqdorlari o‘rtasidagi tafovut ikki baravargacha;

ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy xodimlarining – bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari o‘rtacha 25 foizga va stajer-tadqiqotchi hamda fan doktori ilmiy darajasiga va professor ilmiy unvoniga ega bosh ilmiy xodim ish haqining miqdorlari o‘rtasidagi tafovut ikki baravargacha oshirildi.

Shuningdek, 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab:

bazaviy doktoranturada ta’lim olayotgan shaxslarga — kichik ilmiy xodimning lavozim maoshi bazaviy miqdorlariga tenglashtirilgan stipendiyalar;

doktoranturada ta’lim olayotgan shaxslarga – fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan yetakchi ilmiy xodimning lavozim maoshi bazaviy miqdorlariga tenglashtirilgan stipendiyalar to‘lanadi. 

Поделиться