O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan o‘tkazilayotgan taftish va tekshirishlarda aniqlanayotgan tizimli ravishdagi qoidabuzilishlar to‘g‘risida
2018-04-06 | Jamiyat
- byudjet muassasalari tomonidan xarajatlar smetasini rejalashtirishda amaldagi me‘yoriy xujjatlar talablari chuqur o‘rganilmaganligi natijasida byudjetdan ortiqcha mablag‘ olish;
- umumta‘lim muassasalarida tarifikatsiya jadvalini tuzishda vakant soatlarga yuqori toifali tarif razryadlari qo‘llanilishi natijasidan byudjetdan ortiqcha mablag‘ olish;
- turli sabablar bilan o‘tilmagan dars soatlari hisobidan iqtisod bo‘lgan mablag‘larni o‘z vaqtida (hisobot davri yakuni bilan) tegishli byudjetga qaytarilmasligi;
- vakant saqlanayotgan shtat birliklari hisobidan iqtisod bo‘lgan mablag‘larni o‘z vaqtida (hisobot davri yakuni bilan) tegishli byudjetga qaytarilmasligi;
- mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasi razryadlarini va koeffitsiyentlarini hamda ustama to‘lovlarini noto‘g‘ri qo‘llash hisobiga ortiqcha xarajatlarga yo‘l quyish;
- ishlamaydigan xodimlarning plastik kartochkalariga mablag‘ o‘tkazib berish;
- muassasa rahbarlari o‘z nomlariga va yaqin tanishlari (xomtavoqlari) nomiga ochilgan plastik kartochkalarga byudjet mablag‘larini ortiqcha o‘tkazib o‘zlashtirish;
- pul to‘lov varaqalarini sohtalashtirish orqali o‘zlashtirish;
- qurilish ta‘mirlash ishlariga ajratilgan mablag‘larni hisobotlarga bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozib o‘zlashtirish;
- olinmagan tovar moddiy boyliklar uchun byudjet mablag‘larini yo‘llash;
- tovar-moddiy boyliklarni qimmat narxlarda yetkazilishi, shartnomada ko‘rsatilgan tovar - moddiy boyliklar o‘rniga boshqa xildagi mahsulotlarni kirim qilinishi;
- tovar moddiy boyliklar kamomadi va o‘zlashtirilishi;
- oziq-ovqat, dori-darmon, yoqilg‘i-moylash va boshqa mahsulotlarini xarajatga chiqarish normalariga rioya qilmaslik;
- byudjet muassasalarida ishlovchi xodimlar soxta diplom va malaka toifalari guvohnomalari bilan hamda nostrifikatsiyadan o‘tkazilmagan chet el ta‘lim muassasalari diplomlari bilan faoliyat yuritishlari.