O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Samarqand aeroport” chegara bojxona posti kollej talaba yoshlariga e’tibor qaratdi

2018-04-05 | Jamiyat

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi “Samarqand aeroport” chegara bojxona posti tomonidan tuman Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda Jomboy tuman Yengil sanoat kasb-hunar kollejida diniy ekstremizm va terrorizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi, behayo mazmundagi audio-video mahsulotlarni noqonuniy tarzda O‘zbekiston chegarasi orqali olib o‘tilishi va fuqarolar orasida tarqatilishiga qarshi kurashish hamda ularning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Unda mazkur kollej o‘qituvchi va talabalari, mahalla oqsoqollari, yoshlar ittifoqining yetakchilari ishtirok etdi.

Tadbir yoshlarga diniy ekstremizm va terrorizm, “ommaviy madaniyat”, missionerlik hamda ma’naviy tahdidlar kabi salbiy illatlar va uning zararli oqibatlari haqida ma’lumot berish, ularning bu boradagi bilimlarini oshirish hamda talabalar tafakkurida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishini oldini olishga qaratilgan immunitetni shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

Darhaqiqat, bugungi globallashuv va taraqqiyot asri har kimdan kuchli bilim va tafakkur egasi bo‘lishni, zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli va maqsadli foydalanishni, sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga nisbatan mustahkam fuqarolik pozitsiyasi bilan yondashishni talab etadi.

Davra suhbatida “Samarqand aeroport” chegara bojxona posti inspeksiya vakili B.Ishankulov, smena boshlig‘i G‘.Kabulov, post xodimlari D.Ne’matov, A.Abduxakimov, kollejning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari S.Urakov va kollej yoshlar ittifoqi yetakchisi I.Ibragimovlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Bugungi kunda diniy ekstremizm va terrorizm, zo‘ravonlik va shavqatsizlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni hamda behayo mazmundagi mahsulotlarni chegara orqali olib o‘tilishi kuzatilmoqda. Bu o‘z navbatida yoshlarimiz ongigiga va ma’naviy kamol topishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmokda.

Ushbu masala yuzasidan “Samarqand aeroport” chegara bojxona posti smena boshlig‘i G‘.Kabulov so‘zga chiqib, diniy ekstremizm va terrorizm, zo‘ravonlik va shavqatsizlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni hamda behayo mazmundagi mahsulotlarni noqonuniy olib o‘tilishi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida ikki yo‘lak tizimini qo‘llash talablari va tartibini, shuningdek bojxona chegarasi orqali o‘tadigan jismoniy shaxsning bojxona operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida notijorat maqsadlar uchun mo‘ljallangan tovarlarni deklaratsiyalash shakli sifatida “yashil” yoki “qizil” yo‘lakni tanlash qoidalari to‘g‘risida bojxona posti xodimi A.Abduxakimov yig‘ilganlarga tushuncha berib o‘tdi.

Shundan so‘ng kollej ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari S.Urakov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi tomonidan 2008 yil 18 mart kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 8 iyuldagi “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyatini yoshlar ongiga yetkazish, ularni odam savdosi jabrdiydalariga aylanib qolmasligini oldini olish borasida tarbiyaviy-ahloqiy mavzularda tashkil etilayotgan uchrashuvlar samaradorligini yanada oshirish zarurligini aytib o‘tdi.

Aholi o‘rtasida odam savdosi bilan shug‘ullanishga moyil bo‘lgan fuqaro uchraganida zudlik bilan Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi ishonch telefonlariga (233-29-33, 233-63-00) qo‘ng‘iroq qilish zarurligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, tadbir davomida bojxonachilar tomonidan talaba-yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar va qabul qilinayotgan qonunosti hujjatlar, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi imkoniyatlar haqida ham keng ma’lumotlar berib borildi.

Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar e’tiboriga “Samarqand aeroport” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan O‘zbekiston chegarasi orqali yashirin tarzda diniy ekstremizm va terrorizm, zo‘ravonlik va shavqatsizlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni hamda behayo mazmundagi mahsulotlarni kirib kelishi oldi olingan holatlarning videolavhalari namoyish etildi.

 

Samarqand viloyati

bojxona boshqarmasi

Axborot xizmati

Поделиться