O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Muhammad al-Xorazmiy tavalludining 1235 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi

2018-04-05 | Fan

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorligida tashkil etilgan konferensiyada dunyoning o‘nga yaqin mamlakatidan va yurtimizning turli viloyatlaridan kelgan olimlar, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etmoqda.

Unda telekommunikatsiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining iqtisodiyotimiz rivojlanishidagi roli, muammolari va ularning yechimlari, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va xavfsizligi masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Konferensiya doirasida seminarlar tashkil etilib, elektron tijorat, “Elektron hukumat” tizimini joriy qilish va rivojlantirish borasida axborot texnologiyalaridan foydalanish, “Axborot kutubxonasi va arxivlar” yo‘nalishining innovatsion rivojlanishi, ixtisoslashtirilgan dasturiy va apparat ishlanmalaridan iqtisodiyotning real tarmoqlarida foydalanish, axborot xavfsizligi muammolari, “aqlli” va “xavfsiz” uylarni loyihalashtirish hamda zamonaviy pedagogika axborot texnologiyalari bo‘yicha original tadqiqotlar o‘rganiladi.

Shuningdek, telekommunikatsiya tizimlari, raqamli televideniye, radio, simsiz aloqa texnologiyalari, radiotexnika rivojlanishi istiqbollari haqida fikr yuritiladi. Axborot texnologiyalari uchun nazariy asosni ta’minlovchi analitik materiallar va ilmiy ishlar muhokama qilinadi. 

 

Mohigul QOSIMOVA, O‘zA

Поделиться