O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Aholi daromadlarining asosiy qismi kundalik oziqlanishgagina yetmoqda
2018-04-05 | Jamiyat
Qashshoq mamlakatlarda kishilar ochlikdan aziyat chekishayotganining asosiy sababi u yerlarda narxlarning balandligi bilan bog‘liq.
Jahon oziq-ovqat dasturi mutaxassislari turli mamlakatlardagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini tahlil qilishdi va qator kambag‘al mamlakatlarda aholi daromadlarining asosiy qismini kundalik oziqlanishga sarflashadi, degan xulosaga kelishdi.
Tadqiqotda oilalarning kundalik yeguliklar uchun sarflaydigan mablag‘larning daromadlaridagi ulushi hisoblangan. Jumladan, qizil loviyali dimlama uchun kerak bo‘ladigan mahsulotlarning narxlari bir qator mamlakatlarda qancha ekanligi o‘rganildi va bu sarf Nyu York aholisining xarajatlari bilan taqqoslandi.
Nyu-Yorklik kundalik daromadining taxminan 0,6 foizini loviya tayyorlashga sarflaydi, ya’ni taxminan 1,20 dollar. Hindistonda bu taomni tayyorlash qiyin emas, ammo uning narxi 9,25 dollarga yoki kundalik daromadning 4,25 foizga to‘g‘ri keladi. Afrikada esa vaziyat jiddiyroq. Janubiy Sudan fuqarosi bu taomga pul topish uchun 1 yarim kun ter to‘kishi kerak. Chunki uning tannarxi kunlik mehnat daromadining 155 foiziga to‘g‘ri keladi.