O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xorazm viloyatiga sayohatlar yanada jonlonmoqda
2018-04-05 | Turizm
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘rsida”gi PQ-3514-sonli qarorida belgilab berilgan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida mamlakatimiz bo‘ylab ichki turizmni rivojlantirish maqsadida turistik tashkilotlar, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Xorazm viloyati hokimligi hamkorlikda muayyan ishlarni olib bormoqdalar.
Buning natijasida Navoiy viloyatining Karmana tumani Xalq ta’limi bo‘limining 45 nafar, shuningdek, Toshkent shahri tibbiyot birlashmasining 25 nafar hamda Samarqand viloyatining “Barkamol avlod” tashkiloti ishchi-xodimlari “Sharq Gavhari” hisoblanmish Xiva shahriga tashrif buyurishdi. Shu bilan bir qatorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani maktab o‘quvchilari ham Xorazm viloyatiga sayohat uyushtirishdi.
Mehmonlar sayohatlari davomida Xiva shahar “Ichan-qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasidagi “Kalta minor” minorasi, “Juma masjid” jome’ masjidi, “Allaqulixon”, “Muxammad Raximxon”, “Sherg‘ozixon” madrasalarida bo‘lishdi va “Paxlovon Maxmud” maqbarasini ziyorat qilishdi, shuningdek, “Tosh hovli” saroyi, “Ko‘hna ark” majmualari bilan yaqindan tanishdilar.
Sayohat jozibadorligini oshirish maqsadida mehmonlar uchun madaniy tadbirlar tashkil qilindi.
Bundan tashqari mehmonlar o‘z sayoxatlari davomida Xorazmning folklor jamolari ishtirokidagi madaniy tadbirlar va milliy taomlardan baxramand bo‘lishdi.