O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nogironligi bo'lgan shaxslarning bandligiga ko'maklashish bo'yicha davlat dasturi tasdiqlandi

2018-04-05 | Jamiyat

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo'lgan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi 2017 yil 1 dekabrdagi PF-5270-son Farmoni ijrosini ta'minlash hamda nogironligi bo'lgan shaxslarning bandligiga ko'maklashish tadbirlarining samaradorligini yanada oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 247-sonli “Nogironligi bo'lgan shaxslarning bandligiga ko'maklashish bo'yicha 2018-2019 yillarga mo'ljallangan davlat dasturini tasdiqlash to'g'risida”gi qarori qabul qilindi.

Jumladan, mazkur qarorda nogironlarning bandligini ta'minlash borasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishni hohlovchi nogironlar uchun yer maydonlari ajratish, ishlab chiqarish infrastrukturalariga ulanish, tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratish, faoliyat ko'rsatish turi va uni amalga oshirish joyidan qat'i nazar nogiron hisoblangan hamda ishchilari sonining uchdan ikki qismi nogiron hisoblanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga davlat mulki ob'ektlarini belgilangan eng kam ijara to'lovining 50 foizi miqdorida ijaraga berish orqali amaliy yerdam ko'rsatish, shuningdek, kasb-hunar muassasalarida nogironlarga mos kasb va ko'nikmalar o'rgatish maqsadida qisqa muddatli o'quv kurslarini tashkil etish ko'zda tutilgan.

Поделиться