O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Havaskorlik xalq teatrlarining respublika festivali

2018-04-05 | Madaniyat

Madaniyat vazirligi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi, Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi hamda O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri bilan hamkorlikda Havaskorlik xalq teatrlari respublika festivalining yakuniy bosqichi o‘tkazilmoqda. Respublika bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan jami bo‘lib 13 ta saralangan havaskorlik xalq teatri ishtrok etmoqda. Shu yil 5-6 aprel kunlari O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri binosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani xalq teatri “Bolalik”, Andijon viloyati “Parvona” xalq teatri “Oq ajal”, Buxoro viloyati Vobkent tumani xalq teatri “Shayton tamg‘a nayrangboz”, Navoiy viloyati “Navro‘z” xalq havaskorlik teatri “Osmondan tanga yoqqan kun”, Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘og‘on xalq teatri “Jaholat jari”, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar xalq drama teatri “Hukm, o‘limga mahkum”, Sirdaryo viloyati Guluston tuman xalq teatri “Ko‘zgudagi biz yoxud qaynonam, onam”, Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tuman xalq havaskorlik teatri “Kafansiz ko‘milganlar”, Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani xalq teatri “Bolajonim, jon bolam!”, Toshkent shahri Uchtepa tumani “Ko‘ngil” xalq teatri “Bayram allergiyasi”, Toshkent viloyati Chirchiq shahri “Manzur” havaskorlik teatri “Jondan aziz”, Farg‘ona viloyati Beshariq tuman xalq teatri jamoasi “G‘aflat”, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar xalq teatri “Dadajonisi, kechiring!” spektakllarini namoyish etadi.

Поделиться