O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Bolalar musiqa va san’at maktablari ansambllari respublika ko‘rik-tanlovi”ning g‘oliblari

2018-04-05 | Madaniyat

Bolalar musiqa va san’at maktablari ansambllari respublika ko‘rik tanlovining yakuniy final bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 maydagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3022-sonli qaroriga asosan 2018 yilning 29 martidan - 1 apreliga qadar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rik-tanlov ikki bosichda o‘tkazildi:

-birinchi bosqichda ishtirokchilar “Xalq cholg‘ulari”, “Estrada xonandaligi”, “Estrada cholg‘u ijrochiligi”, “Xor” yo‘nalishlari bo‘yicha ishtirok etdilar;

-ikkinchi bosqichda esa “An’anaviy cholg‘u ijrochiligi”, “An’anaviy xonandalik”, “Folklor”, “Xoreografiya” yo‘nalishlari bo‘yicha ansambllar ishtirok etishdi. Ko‘rik-tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardan jami 68ta ansambl ishtirok etdi.

Ko‘rik-tanlovning ochilish va yopilish marosimi va g‘oliblarni tantanali taqdirlash R.Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rik-tanlov g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimida Madaniyat vazirining o‘rinbosari Akilova Kamola Boltaboyevna ishtirok etib, ishtirokchilarni tabrikladi. Vazir o‘rinbosari o‘z tabrik so‘zida bugungi kunda madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, iqtidorli o‘quvchi-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan o‘lkan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Ko‘rik-tanlov yakunida g‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Sovrindorlar ro‘yxati:

“Nihol” ansambli – Surxondaryo viloyati 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi;

“Allegro” ansambli - Navoiy shahar 8-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi;

“Estrada cholg‘u ansambli” - Toshkent shahar 22-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi;

“Estrada vokal dueti” - Toshkent shahar 14-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi;

“Estrada vokal ansambli” – Samarqand shahar 4-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi;

“Marg‘ilon nixollari” – Marg‘ilon shahar 8-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi;

“Xor jamoasi” – Chirchiq shahar 15-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi;

“Tug‘dona” ansambli - Surxondaryo viloyati 16-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi;

“Kamalak yulduzlari” Toshkent viloyati 5-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi;

“Sabo” ansambli - Surxondaryo viloyati 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi;

“Shodlik” ansambli – Navoiy viloyati 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi;

“Lola” ansambli – Andijon viloyati 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi;

Respublikamizda ilk bor bo‘lib o‘tgan bolalar musiqa va san’at maktablari ansambllari ko‘rik-tanlovi bundan buyon har yili bo‘lib o‘tadi. Bu bilan ansambllar faoliyatini yanada rivojlantirishga erishiladi.

Поделиться