O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro hamkorlik
2018-04-05 | Siyosat
Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirining o’rinbosari Li Vey boshchiligidagi delegatsiya a’zolari O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga tashrif buyurdilar. Mehmonlarni O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o’rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov qabul qildi.
Rasmiy uchrashuv davomida O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirliklari o’rtasidagi kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi. Uchrashuvda XXRning O’zbekistondagi Favqulotda va muxtor elchisi Tszyan Yan ham ishtirok etdi. Uchrashuv o’zaro samimiy va ishchan kayfiyatda o’tdi.